INDEXINSURANCE.UZ

Priced from the tail, not the average Narx o'rtachadan emas, quyruqdan hisoblanadi

Regional climate data, extreme-value actuarial models and parametric contract design for agricultural insurers, reinsurers and investors in Uzbekistan. Payouts settle on a measured index, so no field loss assessment stands between a drought and a farmer's account. O'zbekistondagi qishloq xo'jaligi sug'urtachilari, qayta sug'urtalovchilar va investorlar uchun hududiy iqlim ma'lumotlari, ekstremal qiymatlar nazariyasiga asoslangan aktuar modellar va parametrik shartnoma dizayni. To'lov o'lchangan indeks bo'yicha amalga oshiriladi — qurg'oqchilik bilan fermer hisobvarag'i orasida dala ekspertizasi turmaydi.

0% 10% 20% 1-in-100: 19.0% of mean production 25 1020 50100 200 return period (years)
xT = μ − β·ln(−ln(1 − 1/T)) Gumbel fit · Surkhandarya wheat production shortfall, % of mean, 2005–2024 Gumbel · Surxondaryo bug'doy yalpi hosili kamomadi, o'rtachaga nisbatan %, 2005–2024

Analytics and risk modelsTahlil va risk modellari

What an underwriter needs before quoting a rate Andrayterga tarif belgilashdan oldin nima kerak

Average weather explains very little about yield in an irrigated system — irrigation absorbs the variation. What remains is a weak heat-stress signal and a loss distribution whose tail matters more than its mean. Our models price the tail directly and test every climate signal before relying on it. Sug'oriladigan tizimda o'rtacha ob-havo hosildorlikni deyarli izohlamaydi — sug'orish tebranishni yutib yuboradi. Qolgani — kuchsiz issiqlik stressi signali va o'rtachasidan ko'ra quyrug'i muhimroq bo'lgan zarar taqsimoti. Modellarimiz quyruqni bevosita narxlaydi va har bir iqlim signalini tayanishdan oldin sinovdan o'tkazadi.

Yield and climate dataHosildorlik va iqlim ma'lumotlari

Official district wheat statistics for 2005–2024, aligned with ERA5-Land climate indices for the March–June growing window. Every data-quality rule is published with the code. 2005–2024-yillar uchun tumanlar bo'yicha rasmiy bug'doy statistikasi, mart–iyun vegetatsiya oynasi uchun ERA5-Land iqlim indekslari bilan moslashtirilgan. Ma'lumot sifati bo'yicha har bir qoida kod bilan birga e'lon qilingan.

Extreme value modellingEkstremal qiymatlar modeli

Gumbel distributions, chosen because the GEV shape parameter cannot be identified on the short series regional statistics provide. Return levels, VaR and CVaR follow from the same fit. Gumbel taqsimoti — hududiy statistikaning qisqa qatorlarida GEV shakl parametri aniqlanmagani uchun tanlangan. Qaytish darajalari, VaR va CVaR shu moslashtirishdan kelib chiqadi.

Contract designShartnoma dizayni

Trigger and exit levels derived from a target payout frequency rather than picked by convention, then priced with the stop-loss transform and checked against the historical burn rate. Trigger va exit darajalari an'anaga ko'ra emas, maqsadli to'lov chastotasidan hisoblanadi, so'ng stop-loss transformatsiyasi bilan narxlanadi va tarixiy burn rate bilan tekshiriladi.

Capital requirementKapital talabi

CVaR at 99% and the 1-in-100 shortfall at provincial level, where the series is long enough for extreme-value estimates. District series are too short for a separate tail fit. Viloyat darajasida 99% CVaR va 100 yilda bir kutiladigan kamomad — bu qator ekstremal qiymatlar bahosi uchun yetarlicha uzun. Tuman qatorlari alohida quyruq modeli uchun qisqa.

SACRA

Surkhandarya AgroClimate Risk Analyzer Surxondaryo agroiqlim risk analizatori

SACRA turns a district's yield history and climate record into a priced parametric contract. Select a district on the map, set a coverage level and sum insured, and the calculator returns the fitted distribution, the return-level curve, the payout function and the premium breakdown — with the validation checks visible alongside the numbers. SACRA tumanning hosildorlik tarixi va iqlim yozuvini narxlangan parametrik shartnomaga aylantiradi. Xaritadan tumanni tanlaysiz, qoplama darajasi va sug'urta summasini belgilaysiz — kalkulyator moslashtirilgan taqsimotni, qaytish darajasi egri chizig'ini, to'lov funksiyasini va premiya tarkibini qaytaradi. Tekshiruv natijalari raqamlar yonida ko'rinib turadi.

Open the calculatorKalkulyatorni ochish

14districts modelled across Surkhandarya Surxondaryo bo'yicha modellashtirilgan tumanlar
2005–2024official yield series behind each district fit har bir tuman modeli ortidagi rasmiy hosildorlik qatori
DGU 60955state software registration dasturiy ta'minotning davlat ro'yxati

Insurer and investor solutionsSug'urtachi va investor uchun

Three ways the models get used Modellardan foydalanishning uch yo'li

Rate settingTarif belgilash

A district-differentiated rate table instead of a single regional rate, so low-variability districts stop subsidising high-risk ones and the portfolio stops selecting against itself. Yagona viloyat tarifi o'rniga tuman kesimida differensiatsiyalangan tarif jadvali — past o'zgaruvchanlikdagi tumanlar yuqori xavflilarni subsidiyalashdan to'xtaydi va portfel o'ziga qarshi tanlanmaydi.

Capital and reinsuranceKapital va qayta sug'urta

CVaR and probable maximum loss give a defensible basis for a retention level and for the attachment point of an excess-of-loss treaty. CVaR va ehtimoliy maksimal yo'qotish ushlab qolish darajasi hamda excess-of-loss shartnomasining biriktirish nuqtasi uchun asoslangan poydevor beradi.

Claims integrityDa'volar yaxlitligi

A vegetation check on the weeks before the hazard window shows whether a field was actually cultivated. Heat in May cannot explain a field that was bare in March, which closes the gap a parametric trigger alone leaves open. Xavf oynasidan oldingi haftalardagi vegetatsiya tekshiruvi dalaga haqiqatan ishlov berilganini ko'rsatadi. Maydagi issiq martda bo'sh turgan dalani izohlay olmaydi — bu parametrik triggerning o'zi ochiq qoldiradigan bo'shliqni yopadi.

Data accessMa'lumotga kirish

District-level index series and fitted parameters can be delivered as files or through an endpoint for integration into an existing underwriting system. Tuman kesimidagi indeks qatorlari va moslashtirilgan parametrlar fayl sifatida yoki mavjud andrayting tizimiga integratsiya uchun endpoint orqali taqdim etilishi mumkin.

CredentialsGuvohnoma va asos

Registered software, published method Ro'yxatdan o'tgan dastur, nashr etilgan metod

The analytical engine is registered with the Intellectual Property Agency of the Republic of Uzbekistan. Registration establishes authorship of the software; the methodology itself rests on the doctoral research and peer-reviewed work behind it. Tahliliy yadro O'zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligida ro'yxatdan o'tkazilgan. Ro'yxat dasturning mualliflik huquqini tasdiqlaydi; metodologiyaning o'zi esa uning ortidagi doktorlik tadqiqoti va taqrizdan o'tgan ishlarga tayanadi.

CertificateGuvohnoma
DGU № 60955
SoftwareDastur
Agro-climatic risk assessment and index insurance calculation software for Surkhandarya region (SACRA) Surxondaryo viloyati uchun agroiqlim risklarini baholash va indeksli sug'urta hisoblash dasturi (SACRA)
ApplicationTalabnoma
DT 202602428 — 02.03.2026
Rights holder and authorHuquq egasi va muallif
Abdullayev Alisher Sa'dulla o'g'li
Legal basisHuquqiy asos
Law on Legal Protection of Computer Programs and Databases, Republic of Uzbekistan «EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to'g'risida»gi Qonun
VersionVersiya
SACRA v1.1.0 · doi:10.5281/zenodo.23300567
Code and dataKod va ma'lumotlar
github.com/alishersadullayevich97-create/sacra-index-insurance
ORCID
0009-0003-9607-680X

ContactAloqa

Request a district rate table or a data extract Tuman tarif jadvali yoki ma'lumot so'rovi

Tell us the districts and crop you underwrite and what you need the numbers for. Institutional enquiries are answered directly. Qaysi tumanlar va ekin bo'yicha ishlashingizni hamda raqamlar nima uchun kerakligini yozing. Institutsional so'rovlarga to'g'ridan-to'g'ri javob beriladi.